Bot orqali ulash
Parol va OAuth yo‘q. Botni kanalga admin qilasiz — kanal ulandi. Bitta loyihada bir nechta kanal, guruh va izohlar guruhi.
Postlarni yozing, jamoa bilan kelishing va vaqtida chiqaring. SMM agentliklar, jamoalar va bir nechta kanal yuritadigan bizneslar uchun.
Telegram orqali kirasiz. Bepul tarif muddatsiz.
Boshqa servislarda Telegram — ro‘yxatdagi yana bitta tarmoq. Tezpost’da u asosiy va yagona: Telegram’ning o‘ziga xos imkoniyatlari to‘liq ishlaydi.
Parol va OAuth yo‘q. Botni kanalga admin qilasiz — kanal ulandi. Bitta loyihada bir nechta kanal, guruh va izohlar guruhi.
Telegram’ning o‘zida bor imkoniyatlar — oddiy post yozish uchun ham, murakkab kampaniya uchun ham.
Editor Telegram HTML cheklovlari bilan ishlaydi va post kanalda qanday chiqishini oldindan aynan ko‘rsatadi. Belgi limitlari real vaqtda sanaladi.
SMM jamoasi kundalik ishlatadigan hamma narsa — bitta oynada.
Barcha kanallar postlari bitta kalendarda. Sana va vaqtni loyiha vaqt mintaqasida belgilaysiz, Tezpost o‘zi chiqaradi.
Menejer, muharrir, tasdiqlovchi va kuzatuvchi rollari. Har kim faqat o‘ziga tegishli loyihalarni ko‘radi.
Post tasdiqlovchiga botda keladi, u ✅ yoki ❌ bosadi — saytga kirmasdan. Tasdiqlanmagan post chiqmaydi.
Postlarga yozilgan izohlar va botga kelgan shaxsiy xabarlar bitta joyda. Javob berish, o‘chirish va bloklash shu yerdan.
RSS’dan kanalga post, kanallar orasida cross-post, izohlarni moderatsiya qilish, salomlashuv xabari — tayyor shablonlar bilan.
Reaksiyalar, tugma bosishlar, izohlar va obunachilar dinamikasi. Eng yaxshi chiqarish vaqtini ko‘rsatadi, CSV eksport.
Mavzu bering — post matnini yozadi va kontent-reja tuzib, postlarni kalendarga qo‘yadi. Loyiha bilimlaridan foydalanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish formasi yo‘q — Telegram akkauntingiz bilan bir bosishda kirasiz.
Kanal sozlamalarida botga post yozish, tahrirlash va o‘chirish huquqini bering — kanal Tezpost’ga ulanadi.
Postni tayyorlang, kerak bo‘lsa tasdiqqa yuboring va vaqtini belgilang.
Bepul tarifdan boshlang, kanallar va jamoa o‘sgani sari tarifni oshiring.
Sinab ko‘rish va kichik loyiha uchun
Bir nechta kanal yuritadigan jamoa uchun
Ko‘p mijozli SMM agentlik uchun
Maxsus limitlar va shartnoma
To‘lov Payme yoki Click orqali, oylik (1 oy = 30 kun). Avtomatik yechib olinmaydi — muddatni o‘zingiz uzaytirasiz.
Kanalda botni admin qilib, «Post yozish», «Postlarni tahrirlash» va «Postlarni o‘chirish» huquqlarini bering. Izohlar bilan ishlash uchun bot kanalga bog‘langan muhokama guruhida ham admin bo‘lishi kerak. Tezpost faqat rasmiy Bot API’dan foydalanadi — shaxsiy akkauntingizga kirmaydi.
Kirish faqat Telegram orqali, parol saqlanmaydi. Bot tokenlari va API kalitlari shifrlangan holda (AES-256-GCM) saqlanadi, media fayllar yopiq omborda turadi. Har bir jamoa a’zosi faqat o‘z roli ruxsat bergan narsani ko‘radi va qiladi.
Bepul tarifda 2 ta kanal, oyiga 30 ta post, 1 ta foydalanuvchi va oyiga 50 ta avtomatlashtirish ishga tushishi. AI yordamchi pullik tariflarda. Muddat cheklanmagan.
Payme yoki Click orqali, so‘mda. To‘lov oylik (30 kun), bir necha oyni oldindan to‘lash ham mumkin. Avtomatik yechib olish yo‘q — muddat tugashidan oldin eslatma keladi.
Taklif havolasini yuborasiz yoki Tezpost’ga kirgan foydalanuvchini Telegram @username’i bo‘yicha qo‘shasiz. Har bir loyihada rol belgilanadi: menejer, muharrir, tasdiqlovchi yoki kuzatuvchi.
Yo‘q. Telegram Bot API botlarga ko‘rishlar sonini bermaydi, Tezpost esa faqat Bot API bilan ishlaydi. Buning o‘rniga reaksiyalar, tugma bosishlar, izohlar, so‘rovnoma natijalari va obunachilar soni dinamikasini ko‘rsatamiz.
Yo‘q, Tezpost faqat Telegram uchun. Shu sababli Telegram’ning o‘ziga xos imkoniyatlari — albumlar, so‘rovnomalar, inline tugmalar, avto-o‘chirish — to‘liq qo‘llab-quvvatlanadi.
Ha. Tezpost botidan foydalanishingiz yoki @BotFather’da yaratgan o‘z botingizni ulashingiz mumkin — shunda postlar va javoblar sizning bot nomingizdan chiqadi.
Bepul tarif bilan boshlang — bir necha daqiqada birinchi postni rejalashtirasiz.
Bepul boshlash